Har birimiz tez-tez bozor va do‘konlarni aylanishni xush ko‘ramiz. Turli narsalarni qaraymiz, tanlaymiz, ba’zan darhol xarid qilamiz yoki bir kun kelib, shunaqasidan sotib olishni niyat qilamiz.
Ammo har doim ham shaharning turli chetida bo‘lgan bozor va do‘konlarga bora olmaymiz. Bunga vaqtimiz yetmaydi yoki vaqtimiz bo‘lganda, ularning ish vaqti tugagan bo‘ladi. Bora olgan taqdirimizda ham, sotuvchilardan har bir narsaning narxi-yu ta’rifini so‘rashga iymanamiz.
Agar bu holatlar sizga tanish bo‘lsa, u holda, eSavdo platformasi ushbu muammolarni qanday hal qilgani sizga albatta yoqadi!
Uyda o‘tirib, telefon yoki kompyuterdan turli narsalarning narxini, xususiyati-yu imkoniyatlarini, rasm va videolarini, rangini, o‘lchamini va ular haqida boshqa ko‘plab ma’lumotlarni olish — juda qulay.
Masalan, sovutgich yoki konditsioner xarid qilishingiz kerak. Ular uyingizda qancha joy egallashini bilish uchun do‘konga borib, o‘lchamini so‘rash shart emas. Mahsulotning to‘liq ma’lumotlari eSavdo.uz sayti va uning iOS hamda Android mobil ilovalarida yozilgan.
Yoki biror mahsulotning narxini bilmoqchisiz, shu uchun barcha bozor va do‘konlarni aylanib yurish ham shart emas, eSavdo orqali hammasini bilib olish mumkin. Bunga 5 daqiqa ham ketmaydi.
eSavdo onlayn do‘koni nafaqat uydan turib, mahsulotlarni izlash, tomosha qilish, o‘rganish uchun qulay. Balki boshqa ko‘plab qulayliklarni ham taklif etadi. Masalan:
- Mahsulotlarni muddatli to‘lov (rassrochka)ga olish mumkin;
- To‘lovni naqd pul (mahsulot yetkazilgach) yoki plastik karta yordamida onlayn va terminal orqali to‘lash mumkin;
- Barcha buyurtmalar uyingizgacha yetkazib beriladi;
- Mahsulot yoqmasa, muammosiz qaytarib olinadi;
- Uy-xo‘jalik texnikasi;
- Telefon, planshet, aqlli soatlar;
- Kompyuter, noutbuk va ularga qo‘shimcha texnikalar;
- Avtomobil ehtiyot qismlari hamda aksessuarlari. Shuningdek, Karcher kompaniyasi mahsulotlari;
- Erkatoy — o‘yinchoqlar do‘konining mahsulotlari;
- Akvarium va aksessuarlari;
- Qo‘l soatlari, zamonaviy ko‘zoynaklar, parfyumeriya mahsulotlari;
- Mebel, gilamlar va choyshablar;
- Sport bilan shug‘ullanish uchun mahsulotlar;
- Kafe va restoranlardan buyurtma qilish xizmati;
- Radiotexnikalar;
- Qurilish mahsulotlari;
- Isitish tizimlari va qurilmalari;
Qo‘shimcha qulaylik va buyurtmalarni qay holatda ekanini kuzatib borish uchun ro‘yhatdan o‘tish tavsiya etiladi. Bunda telefon raqami orqali foydalanuvchi o‘zining shaxsiy kabinetini yaratadi.
Mijozlar uchun eSavdo turli chegirmalar, aksiyalar e’lon qilib boradi. eSavdo rasmiy sayti yoki mobil ilovasiga muntazam tashrif buyurib turish orqali bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Saytimiz: eSavdo.uz
Mobil ilovalarimiz: Android va iOS
- Manzilimiz: Toshkent shahri, Abdulla Qahhor 9-o‘tish yo‘li 1-uy.
- Murojaat uchun telefonlar: +99871 200-92-00, +99871 200-93-00