Google kompaniyasi Dragonfly nomli yangi loyiha ustida ishlamoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Dragonfly — Xitoy xalq respublikasi uchun maxsus qidiruv tizimidir. Mamlakatda Google’ning oddiy qidiruv tizimiga 2010-yilda taqiq o‘rnatilgan.
Kompaniya Android operatsion tizimida ishlovchi ichki qidiruv xizmati borasida 2017-yil bahorida boshlab ishlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qidiruv tizimi Great China Firewall (Buyuk Xitoy fayervolli) tomonidan bloklangan qidiruv so‘rovlarini avtomatik ravishda o‘chirib tashlaydi. Xizmat Xitoy qonunlariga mos keladi.
Qayd etilishicha, Google hozirda mazkur tizimni Xitoy rasmiylari tasdiqlashini kutmoqda va loyihani bir yil ichida ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)