Qozog‘iston O‘zbekistonga yog‘ eksport qila boshladi. Bu haqda “Atameken” telekanali xabar bermoqda, deb yozadi Spot.
Markaziy Osiyoga eksportni amalga oshirish uchun moliyalashtirishning tasdiqlangan limiti umumiy summasi 730 million tengedan (16 milliard so‘m) iborat bo‘lib, shundan 702 million tengesi (15,5 milliard so‘m) — O‘zbekiston uchun limit.
“Shimkentmay” AJ yil yakuniga qadar O‘zbekistonga 4 million dollarlik yog‘ eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Mazkur korxona mahsulot sifatiga yuqori talablar qo‘yishi va sun’iy moddalarni butunlay istisno etganligi sababli O‘zbekiston tomonidan afzal ko‘rilgan.
Izoh (0)