“Manchester Siti” darvozaboni Jo Hart faoliyatini APLning boshqa bir klubi “Byornli”da davom ettiradigan bo‘ldi.
31 yoshli Hart yangi klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Avvalroq “Byornli” Jo uchun “shaharliklar” g‘aznasiga 3,5 million yevro o‘tkazib berishi xabar qilingandi.
Darvozabon o‘tgan mavsumni “Vest Hem”da ijara asosida o‘tkazgandi. Hart Angliya premyer-ligasining 19 ta uchrashuvida qatnashib, o‘z darvozasidan 39 ta gol o‘tkazib yuborgan.
“Siti”da esa umumiy hisobda 12 yil o‘ynadi va bu davrda 2 bor Angliya chempionligi hamda Liga kubogini, shuningdek, 1 marta mamlakat kubogini yutishga erishdi.
Izoh (0)