Misrdagi Marsa-Alam dam olish maskanida chexiyalik sayyoh akulaning o‘ljasiga aylanib halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, sayyoh qirg‘oqdan 20 kilometr uzoqda, akvalang bilan sho‘ng‘ish vaqtida halok bo‘lgan. Uning qoldiqlari plyajdan topilgan.
Erkak Marsa-Alamga turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan dam olish uchun kelgan.
Mahalliy hukumat voqea tafsilotlarini aniqlashtirish maqsadida maxsus guruh tuzgan.
Izoh (0)