Rossiya tergov qo‘mitasi Federal qo‘riqlov xizmati general-mayori Igor Vasilyevga nisbatan Rossiya prezidentining Novo-Ogaryovodagi qarorgohini rekonstruksiya qilish jarayonidagi o‘g‘riliklar haqidagi ish bo‘yicha kamomadga yo‘l qo‘yish ayblovini e’lon qildi, deb yozadi Meduza. Bu haqda “Rosbalt” vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar tarqatgan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, muhandislik-texnik ta’minot xizmatini boshqargan general “Baltstroy” kompaniyalar guruhi egasi va Federal qo‘riqlov xizmatining boshqa yuqori mansabli shaxslari bilan birgalikda Novo-Ogaryovoda konditsionerlarni o‘rnatish va tomni qurish narxlarini oshirib ko‘rsatgan holda 1,5 milliard rublni o‘g‘irlagan.
Tergov yakunida ayblanuvchilar orasida Federal qo‘riqlov xizmati xodimlari paydo bo‘lganini hisobga olganda, ishni ko‘rib chiqish harbiy sudga berilishi mumin.
2017-yilning iyulida Tergov qo‘mitasi Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohi qurilishidagi o‘g‘riliklar haqidagi jinoiy ishga “o‘ta maxfiy” grifini bergan va qurilish ishlari haqidagi ma’lumotlar davlat siri ekanligini bahona qilgan edi.
Izoh (0)