Mgingo oroli Afrikadagi Viktoriya ko‘lida joylashgan. Uning maydoni 1,8 ming kvadrat metr atrofida bo‘lib, oroldagi kulbalarda 131 kishi istiqomat qiladi. Bu yerlik kishilar o‘zlari uchun “senat respublikasi”ni tashkil qilib olgan va ular baliqchilik evaziga kun ko‘rad. Aholi o‘z jamiyatlariga begonalarning qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Orol Keniya va Uganda o‘rtasidagi bahsli hudud sifatida qayd etilgan.
Qayd etish joiz, orol faqat 1991-yilga kelib o‘z aholisiga ega bo‘lgan. O‘shanda keniyalik ikki baliqchi — Dalmas Tembo va Dorj Kibebe orolda qolib yashashni maqsad qiladi. Orolga kelishdan avval esa ular Viktoriya ko‘li atrofidagi yovuz ruhlarni haydash uchun keksa afsungarga 300 kg baliq berishga majbur bo‘lgan. “BigPikcha” Mgingo oroli haqidagi ma’lumotlarni taqdim qildi.
1. Shundan so‘ng ikki botir baliqchiga Keniya, Uganda va Tanzaniyadan yana 60 afrikalik kelib qo‘shilgan. Mgingoga ko‘chib o‘tishdan asosiy maqsad faqat yaxshi ov qilish imkoniyati emas, balki tengsizlik va johillik bo‘lmagan shaxsiy “davlat”ni barpo etish ham iborat bo‘lgan. 2009-yilga kelib, orol aholisi 131 kishiga yetadi. Shundan so‘ng “nufuzli senatorlar” — Tembo va Kibebe o‘z kommunalariga boshqa hech kimni qabul qilmaslik borasida qarorni qabul qiladi.
2. Mgingoda asosiy ovlanuvchi baliq — Nil olabug‘asidir. Orolda bir oila o‘rtacha bir hafta ichida 200—250 dollar ishlashi topishi mumkin. Bu esa qo‘shni mamlakatlardagi afrikaliklarning 2-3 oylik o‘rtacha maoshiga teng.
3. Mgingo “davlatcha”sining mustaqilligini saqlab qolishga orolning Keniya va Uganda o‘rtasidagi bahsli hudud sifatida qolayotgani imkoniyat yaratmoqda. Har ikki davlat ham orolni o‘z tarkibiga qo‘shib ololgani yo‘q, shu sababdan ham ular bu yerdagi baliqchilar hayotiga aralashishga ko‘z yumib kelmoqda.
4. So‘nggi 20 yil ichida ikki mamlakat Mgingo tufayli 9 bora qurolli to‘qnashuvga borgan. Avvaliga Keniya va Uganda qirg‘oq muhofazasi xodimlari baliqchilarning qayiqlarini sindirib tashlagan. Hattoki ularning to‘rlarini uzib, olti kishini otib ham tashlagan. Ammo keyin ikki mamlakat kelishuvga erishgan. Natijada kommuna ularga soliq to‘laydigan bo‘lib qolgan.
5. Keniya va Ugandaga to‘lanadigan soliqlar baliqchilar daromadining 25 foizini tashkil etadi. Shuningdek, yan 10 foiz daromad apparat va kommuna mudofaa kuchlariga sarflanadi, ya’ni orol aholisi o‘z ozodligi uchun ishlab topgan pulining 60 foizini “davlat”larga to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Lekin qoladigan 40 foiz daromadning o‘zi ham ularga Viktoriya ko‘lidagi boshqa qo‘shnilaridan yetarlicha yaxshi yashashga imkoniyat beradi.
6. Orolda 5 ta bar, go‘zallik saloni, dorixona, shuningdek, bir necha mehmonxona va 4 ta ko‘ngilochar uy mavjud. Erkaklar bu yerda baliq ovlash, ularning ayollari va qarindoshlari esa qomatlariga e’tibor berish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu yerda begona odam kommuna qoidalariga ko‘ra bir kundan ko‘p qola olmaydi.
7. Kommunani umrbod ikki “nufuzli senator” Tembo va Kibebe boshqaradi, bulardan tashqari, yana 5 nafar senator (faqat 30 yoshdan oshgan erkaklar) tanlab olinadi. Qarorlar “kuchli yettilik” orqali ko‘pchilik bilan qabul qilinadi.
8. Mgingodagi eng oliy jazo undan haydalish hisoblanadi, xashak qamchilarda savalash esa eng oddiy jazodir. “Davlat” paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab oroldan 6 kishi quvg‘in bo‘lgan. Ularning quvilishiga sabab esa — o‘g‘irlik.
9. Mgingodan 200 metr narida yana bir orol — Usingo ham bor. U yerda aholi yo‘q. Kommuna aholisi Usingoda Tuk ismli yovuz ruh yashaydi degan fikrda. Ularning qarashi ko‘ra Mgingodan quvilgan yovuz ruh — Kalele ham Usingodan qo‘nim topgan. Usingo ham Keniya va Uganda o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi.
Izoh (0)