Bugun, 1-avgust kuni Samarqand viloyatida Xalq deputatlari Toyloq, Oqdaryo, Pastdarg‘om tumanlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etadigan sessiyada tashkiliy masala ko‘riladi.
Ayni paytda viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan 44 kishilik ishchi guruh a’zolari Samarqand viloyatidagi tumanlarning ahvolini o‘rganmoqda. Ishchi guruhi o‘z faoliyatini Paxtachi tumanidan boshlagan.
Izoh (0)