Xalqaro chempionlar kubogi doirasida Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Londonning “Tottenhem”iga qarshi kurash olib, penaltilar seriyasida g‘olib bo‘ldi.
Mazkur o‘yinda kataloniyaliklarning ikki yarim himoyachisi — Andre Gomesh va Denis Suares jarohat oldi. Klub shifokorlari tomonidan futbolchilarga tashxis qo‘yilib, ularnin safga qaytishi uchun talab etiladigan muddat ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra Andre Gomesh 2 oy maydonga tusha olmaydi, Denis Suares esa jarohat sabab 3 haftani o‘tkazib yuboradi.
Ikkala futbolchi ham jamoa bilan xayrlashib, AQShdan Ispaniyaga jo‘nab ketdi.
Izoh (0)