Laosning Attapi provinsiyasida suv to‘g‘onining buzilib ketishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 122 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq Laos bosh vaziri Txonglun Sisulit 131 kishi halokat zonasida bedarak ketganini ma’lum qilgan edi. Bosh vazirning o‘zi qutqaruv ishlarining birinchi bosqichiga boshchilik qildi.
Voqea provinsiyaning Sanamsa tumanida ro‘y berdi. Sepian-Se Nam GESining qo‘shimcha to‘g‘onini suv yorib o‘tishi oqibatida suv toshqini kelib chiqdi va oltita qishloq suv ostida qoldi.
Izoh (0)