“Yuventus”ning argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguain “Milan”ga o‘tishga yaqin turibdi, deb yozadi La Gazzetta dello Sport.
“Rossonerilar” Turin klubi bilan Iguainni bir yil muddatga ijara olish borasida kelishuvga erishgan. “Milan” Gonsaloning ijarasi uchun 15 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra mavsum so‘ngida milanliklar futbolchi to‘liq sotib olishi kerak bo‘ladi.
Iguainning o‘zi esa “Yuventus”da qolishni xohlamoqda. Bundan tashqari hozirgi maoshidan kam ishlab topishga ham rozi emas.
Ma’lumotlarga ko‘ra Gonsaloning yillik maoshi 7,5 million yevroni tashkil etadi.
Izoh (0)