• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi (foto)

    Kecha, 27-iyul kuni Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.

    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat tomonidan qaratilayotgan e’tibor va boshqa bir qator masalalar yuzasidan fikr almashdi.

    “Kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, o‘zbek sportida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshiryapmiz. Sport turlarini ichiga kirib boryapmiz. Qolaversa, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zaro hamkorlikda ish olib bormoqda. Siz ko‘p yillar davomida O‘zbekiston boks federatsiyasida rahbar sifatida faoliyat olib borgansiz. O‘zbek boksi rivojiga mehnatingiz singgan. Rio-2016 Olimpiadasidan so‘ng farzandini boksga olib borishni istagan ota-onalar soni keskin oshdi. Nasib qilsa, boshqa sport turlarini ham shu tarzda ommaviylashtirib yubormoqchimiz. Buning uchun sizning maslahatingiz, yordamingizdan juda xursand bo‘lamiz. Siz AIBA rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lgangizdan so‘ng tashkilotda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Avvallari boks ichida muttahamliklarni ko‘p kuzatganmiz. Bu haqida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax ham aytib o‘tgandi. Siz tashkilot tepasiga kelganingizdan so‘ng AIBA har tomonlama o‘zgara boshladi”,—dedi MOQ rahbari Umid Ahmadjonov.

    G‘ofur Rahimov ham O‘zbekistonda sportga qaratilayotgan e’tibor haqida gapirib o‘tdi.

    “Taklif uchun rahmat. Bilasiz, AIBA jahonda uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinda turuvchi sport federatsiyasi hisoblanadi. Boks butun dunyoda yaxshigina rivojlanib ketgan. Havaskorlar o‘rtasida ham, professionallar o‘rtasida ham turli musobaqalar tashkil qilib kelinmoqda. Yangi musobaqalarga asos solyapmiz. Aralash yakkakurash bo‘yicha yangi yo‘nalishni Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritmoqchimiz. Unda ikki nafardan erkak va ayol o‘rtasida bahs kechadi. Bu qiziqarli sport musobaqasi bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonda sportga qiziqish doimo yuqori darajada bo‘lgan. O‘zbek zamini jahonga ko‘plab kuchli va yulduz sportchilarni taqdim etgan. So‘nggi ikki yilda esa sportga, yoshlar bilan ishlashga e’tibor juda oshdi. So‘nggi bir yilning o‘zida O‘zbekistonda sport sohasida, umuman jismoniy tarbiya ta’limi va Olimpiya harakatida inqilobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Albatta, bu o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev olib borayotgan islohotlarning muhim bir yo‘nalishidir. Men xizmat safarlari bilan ko‘p mamlakatlarda bo‘laman. U yerda meni o‘zbek ekanligimni bilishgach, O‘zbekistonda yuz berayotgan katta o‘zgarishlardan xursand ekanliklarini izhor kilib, mamlakatimiz rahbari tomonidan qisqa muddatlar ichida amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlarni alohida e’tirof etishadi. Shunday paytlarda men o‘zbek ekanligimdan fahrlanib ketaman. Prezidentimiz har bir o‘zbekistonlik uchun namuna va ibrat timsolidir. Mamlakat rahbari sportga shunday e’tibor qaratyaptimi, uning ishonchini oqlab, yangi g‘alabalar, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish lozim”, – dedi G‘ofur Rahimov.

    Umid Ahmadjonov mamlakatdagi sport sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

    “Biz ham sport tizimida o‘zgarishlarni amalga oshiryapmiz. Oldin terma jamoalarimizda faqatgina bir xil sportchilar yurtimiz sharafini himoya qilib kelgan. Ularga esa o‘z vaqtida o‘rinbosar tayyorlanmagan. Masalan baydarka va kanoeda eshkak eshish haqida gapiradigan bo‘lsak faqat Vadim Menkov xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi. Yaqinda ochiq turnir tashkil qildik va unda 18 yoshli sportchi Menkovni ortda qoldira oldi. Aytmoqchimanki, o‘sha yangi nomlarni olib chiqa olishmagan. Yana boshqa sport turlaridan ham turli seleksion musobaqalarni tashkil qilyapmiz”, – dedi MOQ rahbari.

    O‘z navbatida AIBA rahbari O‘zbekistonda boks rivoji uchun har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

    “Ishontirib aytamanki, O‘zbekistonda boksning rivojlanishida AIBA har tomonlama yordam beradi. Bundan tashqari, o‘zbek boksi maktabi o‘z shonli tarixiga ega. Ustozlar an’anasini yosh avlod munosib davom ettirib, Tokio Olimpiadasida eng baland cho‘qqiga erishishlariga ishonchim komil”,—dedi G‘ofur Rahimov.

    Ma’lumot uchun G‘ofur Rahimov va uning turmush o‘rtog‘i shu yilning 15-iyun kuni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida qayd etilgandi. Biroz vaqt muqaddam esa O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Xalqaro boks federatsiyasi — AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan olib tashlagan edi.

    28.07.2018, 10:28   Izoh (0)   69420
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik dzyudochilarning Osiyo o‘yinlari—2018 ga boradigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

    27.07.2018, 19:20

    Rasman: Aleksandr Golovin “Monako” futbolchisiga aylandi

    27.07.2018, 18:57

    “Real Madrid” tarixida 18 yil ichida qayd etilmagan voqea sodir bo‘ldi

    27.07.2018, 15:44

    Server Jeparov Qozog‘istonning “Jetisu” klubida to‘p suradigan bo‘ldi

    26.07.2018, 16:31

    Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi

    26.07.2018, 15:56

    “Chelsi” yangi darvozabon oldi. U o‘tgan mavsum 1 ta o‘yinda ham maydonga tushmagan

    26.07.2018, 14:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
    Audio Icon

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    13 avgust, 11:35
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSh sobiq prezidentiga tegishli uy 5,28 million dollarga sotildi (foto)

    Layfstayl | 13 avgust, 13:51

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    Dunyo | 13 avgust, 13:39

    Ilon Mask O‘zbekistonga kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:34

    Sherzodxon Qudratxo‘jani kamsitgan bloger jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:26

    “Vodiy derbisi”, muxlislarga to‘la stadion va so‘nggi daqiqalardagi gol: “Andijon” va “Navbahor” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 13 avgust, 13:18

    Rossiya armiyasi Tramp va Putin uchrashuvi arafasida frontda oldinga siljidi — Reuters

    Dunyo | 13 avgust, 13:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.