Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining joriy yilning 18-avgustidan 2-sentabriga qadar Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston termasi musobaqada 12 vazn toifasida ishtirok etadi. Unda 7 vazn toifasida erkaklar, 5 vazn toifasida ayollar gilamga chiqadi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Erkaklar
- -60 kg: Diyorbek O‘rozboyev
- -66 kg: Shahram Ahadov
- -73 kg: G‘iyosjon Boboyev
- -81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
- -90 kg: Shahzodbek Sobirov
- -100 kg: Sherali Jo‘rayev
- +100 kg: Bekmurod Oltiboyev
- -52 kg: Diyora Keldiyorova
- -57 kg: Omongul Ollanazarova
- -63 kg: Gulnoza Ziyayeva
- -70 kg: Gulnoza Matniyozova
- -78 kg: Nodira Yuldasheva
- +78 kg: Rinata Ilmatova
Murabbiy: Rafik Izmaylov
Massajchi: Jovlon Hasanov
Izoh (0)