KXDR Koreya urushida halok bo‘lgan harbiylarning qoldiqlarini Qo‘shma Shtatlarga topshirdi. Bu haqda “Rossiya 24” telekanaliga tayanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Halok bo‘lgan amerikalik askar va zobitlarning qoldiqlarini AQShga topshirish haqida Donald Tramp va Kim Chen In 2018-yilning iyunida Singapur sammitida kelishgan. Oq uyda Vashington Pxenyan bilan aloqalarning ijobiy tarafga o‘zgarganidan mamnun ekani ma’lum qilingan.
Avvalroq KXDR Koreya urushida halok bo‘lganlarning qoldiqlarini AQShga yuborishi xabar qilingan edi.
Izoh (0)