AQShda restoranda tug‘ilgan qizaloqqa umrbod bepul ovqatlanish uchun abonement taqdim qilindi, deb yozmoqda Forum Daily.
Shifoxonaga ketayotgan Robert va uning homilador ayoli Felon yo‘lda Chick-fil-A restoraniga to‘xtab, 2 qizini do‘stlari bilan qoldirmoqchi bo‘lgan.
Restoranda ota va bolalar do‘stlari bilan gaplashib turgan vaqtda tasodifan Felonning to‘lg‘og‘i boshlanib ketgan.
“Men farzandim u yerda tug‘iladi, deb o‘ylamagandim!”, — deydi Felon.
Restoran ish boshqaruvchisi “Tez yordam” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Shifokorlarning yetib kelishiga qadar Felon farzandini dunyoga keltirgan.
Shu munosabat bilan Chick-fil-A restoranlar tarmog‘i tug‘ilgan qizaloqqa umrbod bepul ovqatlanish uchun abonement taqdim qilgan. Shuningdek, qizaloqqa 14 yoshga to‘lganidan keyin restorandan ish berish kafolatlangan.
Izoh (0)