Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivuddagi “Shon-sharaf alleyasida” AQSh prezidenti Donald Trampning yulduzi vandal tomonidan tosh o‘yuvchi bolg‘a bilan sindirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak bolg‘ani gitara g‘ilofida olib kelgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya yulduz o‘rnida faqat uning vayronasini ko‘rgan. Yulduz Trampga 2007-yilda “O‘quvchi” shousidagi ishtiroki uchun nasib etgan.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, buzg‘unchi voqea joyida bolg‘ani qoldirgan, keyinroq esa Beverli-Xill politsiyasiga o‘zini topshirgan. Yulduzni tiklash ishlarining qachon boshlanishi hozircha noma’lum.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Trampning mazkur yulduzi bundan avval ham bir necha marta vandallar hujumiga uchragan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar