AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Rossiya hech qachon AQShga do‘st bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda Xeylining CBN’ga bergan intervyusiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xeylining so‘zlariga qaraganda, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va uning yetakchisi Vladimir Putinga ishonmaydi. U bunday ishonchning hech qachon bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
“Ular (Rossiya) hech qachon bizning do‘stimiz bo‘lmaydi. Bu — fakt”, — deydi Xeyli.
Shuningdek, Nikki Xeyli Donald Tramp va Vladimir Putinning uchrashishi tarixiy zarurat bo‘lgani va anchadan buyon bu voqea kutilganini aytdi. Xeyli AQShning Rossiyaga nisbatan olib borayotgan siyosatidan mamnun ekanini ta’kidladi.
Izoh (0)