Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 22-iyul kuni Do‘stlik tumanida yashovchi Sh.J. mast holda “Zarafshon” QFYda yashovchi qaynonasi D.T.ning uyida janjal ko‘tardi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Kuyov oilaviy janjal oqibatida qaynonasi va turmush o‘rtog‘i N.X.ga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
Hodisa oqibatida zo‘ravonning qaynonasi va turmush o‘rtog‘i kasalxonaga yotqizildi. Sh.J. qo‘lga olindi.
Izoh (0)