Gretsiyada avj olgan o‘rmon yong‘inlari, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 74 kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda 24-iyul, seshanba kuni yong‘in xizmati ma’lumotiga tayanib, Yevropa OAVlari xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Yong‘in xizmati ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni Mati shahrida ancha oshgan. Bugun tongda u yerda mahalliy qovoqxona yaqinidagi dalada o‘nlab qurbonlar topilganligi haqida xabar qilingan edi. Keyinroq 11 nafar halok bo‘lgan odamning jasadi topildi.
Bundan tashqari, yana 100 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Yong‘inlar oqibatida jabrlanganlardan 164 nafari yoshi katta insonlar, 71 kishi esa hamon shifoxonalarda qolmoqda. Shuningdek, 23 nafar bola jabrlangan, ulardan 12 nafari shifoxonada.
Gretsiya poytaxti chekka hududlaridagi yong‘inlarga qarshi kurashishga yuzlab o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan.
Gretsiya dengiz chegarachilari 700 dan ortiq odamni mahalliy plyajlardan evakuatsiya qilgan. Odamlar olov va tutundan qutulish uchun plyajlarga qochgan.
Izoh (0)