Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Samsung Galaxy Note 9 planshetofonining kuchli akkumulyatori haqida mish-mishlar tarqagan edi. Endilikda ma’lumot Braziliyaning ANATEL agentligi tomonidan tasdiqlandi. Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, planshetofon 4000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Bu haqda “Thg.ru” xabar bermoqda.
Yangi planshetofon o‘zidan oldingi Galaxy Note 8’ga nisbatan ancha kuchli batareyaga ega. Note 8’ning akkumulyatori 3300 mA/soat sig‘imga ega edi. Biroq bu yangilik kutilgan natijani bermasligi mumkin. Negaki, akkumulyator quvvatining bir qismi S Pen stilusi uchun sarflanadi. Note planshetofonlari tarixida ilk marta S Pen stilusi Bluetooth orqali ishlaydigan bo‘ldi.
Samsung Galaxy Note 9’ning taqdimoti 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Planshetofonning dizayni avvalgilaridan deyarli farq qilmaydi.
Galaxy Note 9’ga 6,3 dyuymli Super AMOLED ekran, Snapdragon 845 yoki Exynos 9810 chiplari o‘rnatilgan. Planshetofon 8 Gb operativ va 512 Gb flesh xotiraga ega.
Izoh (0)