“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qonun bilan Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka tortish muddatlari qisqartirildi.
Unga ko‘ra, jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
- ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil (ilgari uch yil);
- uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil (ilgari besh yil);
- og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil (ilgari o‘n yil);
- o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil (ilgari o‘n besh yil) o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Izoh (0)