O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan.
Buning uchun Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytida “Soliq kodeksini birgalikda yozamiz” maxsus veb-sahifa ochildi.
Veb-sahifa orqali kelib tushadigan takliflar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi, mualliflarning o‘zlari esa ishchi guruhga taklif etilishi mumkin.
Izoh (0)