Parijda O‘zbekistonning Fransiyadagi ilk savdo uyi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri J. Xo‘jayev, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi S. Rustambayev, “O‘ztreyd” AJ boshqaruvi raisi D. Qodirov va Fransiya mintaqalari savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti P. Kashli ishtirok edi.
UzFranceTrade savdo uyining asosiy vazifasi Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlarida O‘zbekiston mahsulotlari eksportini ilgari surishdan iborat. Shu maqsadda o‘zbek mahsulotlarining keng assortimenti taqdim etiladigan namoyishlar zaliga ega doimiy ishlovchi shou-rum faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan.
Marosim yakunida Yevroittifoqqa 1 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, shuningdek, Fransiya bozoriga 100 tonnadan iborat quruq mevalarning ilk turkumini yetkazish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Izoh (0)