Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan poytaxtda joylashgan oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tadigan “O‘zekspomarkaz” majmuasining 1-pavilyonida yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Mashg‘ulot doirasida yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda ishchi xizmatchilarning to‘g‘ri harakatlanishi, evakuatsiya talablarini qanchalik o‘zlashtirganliklari sinovdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, maskanda yong‘in xavfsizligini ta’minlashda muhim sanalgan yong‘inni avtomatik ravishda sezish va ovozli xabar berish, shuningdek, tutunni haydab chiqarish qurilmalari sinab ko‘rildi. Zaxira chiqish yo‘llarining holati, yong‘in vaqtida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi belgilar va yoritish tizimi mavjudligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi o‘rganildi.
Tadbir davomida maskan ishchi xizmatchilariga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish va insonlarni tezda evakuatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Izoh (0)