• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston OTMlari rektorlari abituriyentlarga imtihonni adolatli va halol o‘tkazishga va’da berdi

    Xalqaro press-klubda 21-iyul kuni  “Qabul—2018:  Shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va  innovatsion yondashuvlar” mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiyada  2018—2019-yillarda oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayoni va test imtihonlariga tayyorgarlik ishlari hamda bugun dolzarb bo‘lib turgan juda muhim masalalar va muammoli vaziyatlar tahlil qilindi. O‘zbekiston universitetlari tarixida birinchi marta XPK sessiyasida Rektorlarning Murojaati havola etildi va qabul qilindi. Bu haqda press-klub vakili “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Murojaatnoma matni bilan tanishing:

    Respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlarining abituriyentlar, ularning ota-onalariga murojaati

    O‘zining ko‘hna va qadim tarixiga, boqiy milliy qadriyatlariga ega bo‘lgan mamlakatimiz yaqin va uzoq davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikda yangi tamaddun bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu ezgu ishda buyuk adibimiz Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytadigan bo‘lsak, “ta’lim va tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasi”ga aylandi.

    Prezidentimizning shaxsiy tashabbuslari va ulkan sa’y-harakatlari bilan bugun ta’lim tizimi butunlay yangilanish bosqichiga ko‘tarildi.

    Biz – ko‘p sonli rektorlar ta’lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, unga ilg‘or innovatsion g‘oyalarni olib kirish, yoshlarning iste’dodlarini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berish bilan birgalikda soha rivojiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan va zamonaviy ta’limning oyog‘iga kishan bo‘lib turgan illat — poraxo‘rlik va ta’magirlikning oldini olish, har ishda halol va vijdonan yo‘l tutish, oliy ta’lim muassasalarini haqiqiy ma’nodagi ma’rifat va halollik maskaniga aylantirish, shuningdek, bu yilgi qabul jarayonlarini  shaffof, adolatli va halol o‘tkazishga va’da beramiz.

    Hurmatli abituriyentlar!

    Vatanimiz, xalqimiz va Prezidentimiz Sizlarga katta umid bilan qarab turibdi. Sizlar bizning kelajagimiz. Har sohada mamlakatimiz ravnaqining kafolati sanalasiz.

    Ko‘ryapsizki, yoshlarning ilm-fan va kasb-hunar sirlarini egallashlari uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo qilib berilmoqda. Bugun o‘zingiz uchun kasb tanlab, o‘qishga kirishga ahd qildingizmi, o‘z bilimingizga, aql-zakovatingizga va sizlarga shu sharoitlarni yaratib bergan Prezident ishonchiga munosib bo‘ling va munosib  ish qiling. Kirish imtihonlariga, test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rib, bu imtihonlardan o‘z bilimingiz bilan o‘tishga bel bog‘lang.

    Aziz ota-onalar!

    Hammamiz uchun farzand – aziz, uning kamolini ko‘rish esa asl orzuimizdir. Bugun zamon o‘zgarmoqda. Yoshlarning ilm dargohlariga halol va pok kirishlari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochib berildi. Afsuski, tovlamachilar va firibgarlarning dunyoqarashi o‘zgarmayapti. Ular hamon eskicha o‘y-xayollarda, mo‘may     va qing‘ir yo‘llar bilan daromad topish ilinjida yuribdi. Ularning tuzog‘iga ilinib qolmang.

    Xalqimizda  “qars ikki qo‘ldan chiqadi” degan naql bor. “Korrupsiya to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli bandlariga ko‘ra pora bergan ham, pora olgan ham qonun oldida teng javobgar sanaladi va muqarrar jazoga tortiladi. Farzandingizga yordam beraman desangiz, noo‘rin va pinhona xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymang! Bu yo‘ldagi nojo‘ya qadam bilingki, kun o‘tib bir kun bolangiz kelajagi uchun qattiq zarba bo‘lishi mumkin. Bir haqiqatni unutmang! Pora bilan o‘qishga kirgan inson, butun hayoti davomida shu pulni qaytarib ishlab olish harakatida bo‘ladi. U o‘qituvchimi yoki shifokor, mas’ul mutasaddimi yoki oddiy ishchi qat’i nazar, oldiga kelgan har bir insonga “tovar” sifatida qaraydi va undan doimo ta’ma qiladi. Ta’ma bilan sug‘oriladigan qalbda esa yaxshilik urug‘i unmaydi. Ta’ma va pora zanjirini qabul jarayonlaridayoq uzaylik! Toki u boshqa nish urmasin! Farzandlarimiz qo‘lida zanjir bo‘lib, ularni panjara ortiga boshlamasin!

    Bugun zamon shiddat bilan oldinga qarab ketayotgan, globallashuv jarayonlari butun dunyoni qamrab olayotgan, hammaning nigohi yoshlar taqdiriga qaratilgan bir paytda muhtaram Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan  kuchli va adolatli ta’lim-tarbiya tizimi yaratib berilmoqda. Hamma gap buni to‘g‘ri anglash, Vatan va xalq oldidagi burch va mas’uliyatni his qilgan holda, yagona maqsad va g‘oya atrofida birlashishdadir. Bu g‘oya esa adolat va tinchlikka, tenglik va qardoshlikka asoslagan Mustaqillik, Vatan ravnaqi va O‘zbekiston g‘oyasidir!

    Unga sodiq qolish va birgalikda harakat qilish hammamizning burchimizdir. Shundagina biz Prezidentimiz, xalqimiz va davlatimizning ishonchini oqlagan bo‘lamiz.

    22.07.2018, 11:05   Izoh (0)   19815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    So‘rov: o‘zbekistonliklar pulni dollarda emas, so‘mda jamg‘arishni ko‘proq ma’qul ko‘ra boshladi

    22.07.2018, 10:40

    O‘zbekistondagi foydali qazilmalar 5,7 trln dollarga baholandi

    22.07.2018, 10:09

    Toshkent shahar IIBB: biznesmenning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni sud tekshiradi

    22.07.2018, 09:51

    Buxoroda 11 mln so‘m va 22 ming dollarni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

    22.07.2018, 09:30

    Samarqandlik juftlik tanishiga tig‘ tirab, puli va telefonini tortib oldi

    22.07.2018, 09:00

    O‘zbekiston 2017-yilda Ukrainadan 2000 ta avtomat va to‘pponcha-pulemyot xarid qildi

    22.07.2018, 08:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.