• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    20 yildan buyon kapital ta’mirlanmagan Samarqand shahar markaziy shifoxonasidagi ahvol tanqid qilindi

    “Zarnews.uz” nashri Samarqand shahar markaziy shifoxonasi, ya’ni aholi orasida “gorbolnitsa” deb yuritiladigan tibbiyot maskani haqida tanqidiy maqola e’lon qildi.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    Shifoxonada yuz nafardan ziyod malakali shifokor, 220 nafar o‘rta tibbiyot xodimi mehnat qiladi. Ayni vaqtda tibbiyot muassasasining 2 ta bo‘limida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab 345 o‘rniga 291 nafar bemor davolanmoqda. Kardiologiya, reablitatsiya va endoxirurgiya bo‘limlari to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Birgina reanimatsiya bo‘limiga 657 million so‘mlik zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi.

    Ammo kasalxonaning shuhrati so‘nggi vaqtlarda biroz pasaygandek, deyiladi xabarda. Chunki hadeb almashayotgan rahbarlar qo‘nimsizligidan shifoxona 20 yildan buyon kapital ta’mirlanmagan, so‘nggi 10 yilda esa birorta qattiq jihoz keltirilmagan ekan. Qurilish-ta’mirlash ishlari ketayotganligi sababli hududda biroz tartibsizlik ko‘zga tashlanadi. Faqatgina qabul bo‘limidan tashqari boshqa bo‘limlarda tajribali vrachlardan navbatchilik postlari tashkil etilmagan.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    Patanatomiya, kir yuvish bo‘limlarining avariya holatdagi binolariga kirib bo‘lmaydi, devorlari zax. Eng qizig‘i, shuncha vaqtdan beri muassasaning orqa tarafi devor bilan to‘liq o‘rab olinmagan. Chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmaganligidan chiqindixona to‘lib, uning qo‘lansa hidi atrofga taralib turibdi.

    Bosh vrachning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari R.Bozorovning ta’kidlashicha, shifoxona bo‘limlarining 10 ming kv.m. tom qismini yangilash, 200 ta deraza, 400 ta eshikni zamonaviylariga almashtirish zarur. 1 000 kv.m. hudud asfalt qilinmagan. Issiqlik tizimi quvurlari zanglab, yaroqsiz bo‘lib qolgan. Ko‘pgina bo‘limlarda hojatxona, yuvinish uskunalari yo‘q.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    Kir yuvish xonasida sanitariya-gigiyenaga amal qilinmaydi. Maxsus quritish uskunasi yo‘q. Kirlarni yoyish uchun tayyorlangan maxsus joylar talabga javob bermaydi. 4 ta kranning 2 tasi, ikkita suv isitgich “Ariston” uskunasining bittasi ishlamaydi. Kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishi shart bo‘lgan qozonxonada mavjud uchta qozondan ikkitasi ta’mirtalab. 700 metr issiqlik uzatish tizimini butunlay yangisiga almashtirish zarur.

    – Yog‘ingarchilik boshlandi deguncha kirxonamiz tomidan chakka o‘tadi, – deydi kir yuvish bo‘limi xodimasi Saodat Rabbimova. – Yettita zamonaviy kir yuvish mashinamiz bor. Ammo ularning 2 tasi ishdan chiqqan.

    – Joriy yilda bemorlarning ovqatlanishi uchun 250 million so‘m budjet mablag‘lari ajratildi, – deydi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Xurshid Niyozov. – Bu bir bemorga kunlik ovqatlanish ratsioni uchun 3 ming so‘m ajratiladi deganidir. Bu juda kam. Aslida uch mahal ovqatlanishi uchun 20 ming so‘m ham yetmaydi. Shuningdek, dori-darmonga ajratilayotgan 333 million so‘m ham kam. Bu yerda me’yor bo‘yicha 20 ming so‘mlik dori-darmon o‘rniga 8 ming so‘mlik dori vositasi berilmoqda. Shuning uchun ham bemorlarni 20 foiz dori-darmon bilan ta’minlay olayapmiz, xolos.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    Darhaqiqat, tibbiyot birlashmasining markaziy dorixonasida bo‘lganimizda ko‘pgina dori-darmonlar yo‘qligi ayon bo‘ldi, deyiladi maqolada. Bir oyda dori-darmonlar uchun ajratiladigan 16 million so‘mga “Dori-darmon” AJ tomonidan dori vositalari olinar ekan. Lekin internet tender orqali yutib olgan xususiy farmatsevtika kompaniya va firmalari tomonidan keltirishi lozim bo‘lgan vositalarning o‘z vaqtida yetib kelmaganligi sabab, bemorlar hatto oddiygina antibiotik dori vositalarni ham xususiy dorixonalardan sotib olishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

    – Samarqand shahridagi beshta shifoxona va barcha oilaviy poliklinikalarga 25—30 turdagi dori vositalari yetkazib beramiz, – deydi shahar tibbiyot birlashmasining markaziy dorixonasi  mudiri Nurilla Mamanov. – Ba’zida yetishmayotgan dorilarni tuman tibbiyot birlashmalaridan olib turishimizga to‘g‘ri keladi. Xususiy kompaniya va firmalar tenderda g‘olib chiqsa-da, ajratilgan mablag‘imiz kamligi sabab o‘z vaqtida yetkazib berisholmaydi.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    Kamchiliklar faqat bugina emas ekan. Bemorlar yotadigan krovat, ko‘rpa-to‘shaklarning 90 foizi eskirib ketgan. Ayniqsa, jarrohlik blogida 12 ta jarrohlik stoli, elektrokagulyator, elektrootsos, soyasiz chiroqlar, tikish iplari va boshqa jarrohlik asbob-uskunalari yetishmaydi.

    – Ko‘pgina bo‘limlarimiz eski loyihalar bo‘yicha qurilganligi bois hojatxona, yuvinish xonalari ko‘zda tutilmagan, – deydi I jarrohlik bo‘limi mudiri Uyg‘un Rahmonov. – Shu sabab ular moslashtirilgan xonalarga joylashtirilgan. Mavjud 7 ta jarrohlik stolining birortasi talabga javob bermaydi. Yoritgichlar ham kerakli yorug‘likni berolmay qolgan. Bo‘limimizda 2 ta laparoskopik ustun, zamonaviy lor-kombayn va MRT uskunalari yo‘qligi sababli bemorlarimiz xususiy tibbiyot markazlariga borishmoqda.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    To‘g‘risi, Samarqanddek azim shahar markaziy shifoxonasidagi nochor ahvolni ko‘rib, o‘zimiz ham hayron qoldik, deyiladi maqola so‘ngida. Nahotki, bu holatdan shahar hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tegishli sektor rahbarlari bexabar bo‘lsa. Ular mazkur muassasadagi shart-sharoit bilan tanishib, kamchiliklarni bartaraf etish haqida kengashib ko‘rganmi? Umuman, Samarqand shahar markaziy shifoxonasi qachon zamonaviy muassasaga aylanadi? Xo‘sh, endi bu ahvol qachon o‘nglanadi?

    22.07.2018, 12:45   Izoh (0)   33311
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoda tonirovka uchun eng qimmat narx qayerda?

    22.07.2018, 12:20

    Sirdaryo viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

    22.07.2018, 11:55

    So‘rov: o‘zbekistonliklar dollar kursi sentabr oxiriga kelib, 7600—7800 so‘m bo‘lishini kutmoqda

    22.07.2018, 11:30

    O‘zbekiston OTMlari rektorlari abituriyentlarga imtihonni adolatli va halol o‘tkazishga va’da berdi

    22.07.2018, 11:05

    So‘rov: o‘zbekistonliklar pulni dollarda emas, so‘mda jamg‘arishni ko‘proq ma’qul ko‘ra boshladi

    22.07.2018, 10:40

    O‘zbekistondagi foydali qazilmalar 5,7 trln dollarga baholandi

    22.07.2018, 10:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.