AQSh va Janubiy Koreya qo‘shinlari qo‘mondoni general Vinsent Bruks KXDR yadro materiallarini ishlab chiqarishda davom etayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Yadro materiallarini ishlab chiqarish to‘liq yopilganligini hali ko‘rmadik, ular yoqilg‘i sterjenlarini olib tashlaganligini ko‘rmadik. Bu yadroviy qurolsizlanish yo‘lida o‘tish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar borligidan darak beradi”, — dedi Bruks Aspendagi forumda chiqish qila turib.
Shu bilan bir vaqtda u KXDR hozirda aynan qanday yadro imkoniyatlariga ega ekanligini ma’lum qilishdan bosh tortdi.
Izoh (0)