AQSh hukumati mamlakatga Xitoydan keltirilayotgan deyarli barcha tovarlarga boj joriy etishi mumkin. Bu haqda 20-iyul, juma kuni Amerika prezidenti Donald Tramp CNBC’ga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
U import bojlari bo‘yicha soliqqa tortiluvchi Xitoyda ishlab chiqarilgan tovarlar sonini bir necha marta oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
“500 milliard dollargacha yetishga tayyorman”, — dedi Tramp.
Iyun oyi o‘rtasida AQSh prezidenti 50 milliard dollarlik Xitoydan keltiriluvchi tovarlarga boj joriy etilishi haqida e’lon qilgan edi.
Izoh (0)