Toshkent IIBBga 17-iyul kuni 22:00 dan boshlab 18-iyul soat 07:00 soatgacha bo‘lgan vaqt mobaynida avtotransport vositasining davlat raqami o‘g‘irlab ketilgani haqida 5 ta ariza kelib tushgan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Buyuk Ipak yo‘li va Chust ko‘chalarida qoldirib ketilgan avtomobillarning davlat raqamlari o‘g‘irlab ketilgan. Voqea joyida egalari davlat raqamini qaytarib olish uchun bog‘lanishi kerak bo‘lgan Telegram kanalining manzili yozilgan xatlar tashlab ketilgan.
Tezkor tadbir davomida 2 ta mashinaning davlat raqami topilgan.
IIBB jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs haqida yetarlicha ma’lumot to‘plab, uni qo‘lga olish choralarini ko‘radi.
Izoh (0)