“Yuventus” klubining yangi mavsum uchun chiqarilgan abonementlarining barchasi sotilib ketdi.
Sotuvning dastlabki bosqichi 4—18-iyul kunlari o‘tkazildi. Unda avvalgi mavsum abonementi egalari ishtirok etdi. Ular 95% abonementlarni qo‘lga kiritishga erishdi. 19-iyul kuni o‘tkazilgan savdolarda esa qolgan abonementlar ham sotildi.
Ta’kidlash joiz, abonementlarning narxi o‘tgan yildagisiga nisbatan 30% qimmatlashgan bo‘lsa-da, savdolarga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi.
Qayd etilishicha, “Yuventus” 29 300 dona mavsumiy abonement savdosidan 30 million yevro ishlab oldi.
Ma’lumot uchun “Yuventus” biroz avval Krishtianu Ronalduning taqdimotini o‘tkazgandi.
Izoh (0)