Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat zamonaviy jihozlangan, deb yozadi O‘zA.
Har bir fan xonasi video proyektr, kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlangan. Ijodiy innovatsiya, mahorat xonasi, Erkin Vohidov galereyasi, 320 o‘rinli faollar zali, 80 o‘rinli yotoqxona,“Ilhom ayvoni” tashkil etilgan.
“Maktab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, turli adabiy-badiiy nashrlar bilan ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi va taniqli ijodkorlar, adabiyotshunos olimlarni jalb qilgan holda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi, — deydi maktab-internat direktori Nigora Mannopova. — Iste’dodli yoshlar 5—6-sinfda umumiy adabiyot nazariyasidan saboq olsa, 7-sinfdan nazm, nasr, badiiy publitsistika, badiiy tarjima hamda dramaturgiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitiladi”.
Izoh (0)