Kecha, 18-iyul sanasida Pepsi Superliganing 17-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — AGMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 65-daqiqasida bosh hakam Sherzod Qosimov mehmonlar darvozaboni Pavel Matyashga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Shu tariqa bu mavsumda “Qo‘qon-1912”ning raqiblariga oltinchi marta qizil kartochka ko‘rsatilishi bo‘ldi, deb yozmoqda “Championat.asia”.
Bu borada ikkinchi o‘rinda “So‘g‘diyona” bormoqda. Jizzax klubiga qarshi o‘ynagan klublarning 3 nafar futbolchisi chetlatilgan. Ma’lumot uchun “Qo‘qon-1912”ning AGMK, “Qizilqum” (2 marta), “Buxoro”, “Neftchi” va “Lokomotiv” bilan o‘yinlarida raqib jamoalarga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
2018-yil hozirga qadar “Qizilqum”, “Navbahor” va “Bunyodkor” klublarining raqiblariga esa umuman qizil kartochka ko‘rsatilmagan.
“Qo‘qon-1912”—AGMK bahsida mezbonlar ikki bor penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Shu tariqa qo‘qonliklar bu mavsumda 7 marta 11 metrli jarima to‘pi tepdi.
“Qo‘qon-1912” O‘zbekiston chempionatlarida bir mavsumda penalti tepish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Oldingi rekord 2016-yilda qayd etilgandi. “Qo‘qon-1912” O‘zbekiston chempionatlarida tepgan penaltilari yillar bo‘yicha:
2015-yil - 2 ta2016-yil - 6 ta2017-yil - 4 ta2018-yil - 7 ta
Izoh (0)