Bugun, 19-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 17-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi. Kun taqvimidan odatga ko‘ra uch uchrashuv o‘rin olgan.
Kunning dastlabki o‘yini Bekobodda mezbon “Metallurg” hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechadi. Bellashuv 19:00 ga belgilangan.
Ikkinchi uchrashuvda esa “Buxoro” o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. O‘yin 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Turning so‘nggi o‘yini esa Namanganda mezbon “Navbahor” hamda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 21:00 da boshlanadi.
Pepsi Superliga
17-tur bellashuvlari
19-iyul, payshanba
Izoh (0)