Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yozgi transferlar vaqtida bir nechta o‘yinchisini sotib, mo‘may daromad olishga qarshi emas, deb yozadi Daily Mail.
Unga ko‘ra “Barselona” JCh—2018 da porlagan Yerri Mina sotuvidan 30 million yevro ishlab olmoqchi. Shuningdek, jamoaning ikkinchi darvozaboni Yasper Silessenni ham shuncha mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Portugaliyalik yarim himoyachi Andre Gomesh 20 million yevro, himoyachi Aleysh Vidal esa klubni 8 million yevro evaziga tark etishi mumkin.
Shuningdek, jamoa Lyuka Din, Marlon va Rafinya kabi futbolchilarning transferidan 40 million yevro ishlamoqchi. Ma’lumot uchun klubni yaqinda braziliyalik yarim himoyachi Paulinyo tark etishga ulgurdi. U Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubiga yo‘l oldi.
Izoh (0)