O‘zbekiston kimyo va neft-gaz sanoatlarini rivojlantirish uchun McKinsey va BCG’ni jalb qiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 17-iyul, seshanba kuni chop etilgan qarorida so‘z yuritiladi, deb yozadi Spot.
Uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasini sifatli ishlab chiqish va istiqbolsiz loyihalarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash maqsadida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi iqtisodiyotning asosiy sohalarini isloh qilish dasturlarida ko‘maklashish va amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qiladi:
- Elektroenergetika va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.
- Investitsiyalar va elektroenergetika: Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki.
- Aviatransport va unga investitsiyalar: Jahon banki
- Tabiiy gaz va unga investitsiyalar: Xalqaro moliya korporatsiyasi.
- Kimyo sanoati va unga investitsiyalar: McKinsey & Company
- Neft-gaz sanoati va unga investitsiyalar: Boston Consulting Group.
Izoh (0)