Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida “Tolibon” radikal guruhi jangarilari bilan to‘qnashuv 15 nafar politsiyachining halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda hukumat vakillariga tayanib, Pajhwok agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
17-iyul, seshanbaga o‘tar kechasi bir nechta hodisa qayd etilgan. Gubernator Daud Ahmadiyning matbuot kotibi xabar berishicha, jangarilar afg‘on viloyatining shimoli-sharqidagi politsiya nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilgan. To‘qnashuv davomida huquq-tartibot organlarining olti vakili o‘ldirilgan, o‘n nafari yaralangan.
Qandahor viloyati janubi-sharqiy qismida toliblar bilan to‘qnashuvlar oqibatida yana to‘qqiz nafar tartib qo‘riqchisi qurbon bo‘lgan, besh nafari jarohat olgan. Agentlikka ko‘ra, “Tolibon” mazkur hududda to‘rtta nazorat-o‘tkazish punkti egallanganligi haqida ma’lum qilgan.
Izoh (0)