Iyul oyining boshida Janubiy Kaliforniyada 23 yoshli Anjela Ernandes o‘zining Jeep Patriot avtomobili bilan yo‘qolib qolgan edi, deb yozadi TJournal.
13-iyul kuni uni shtatning okean sohiliga yaqin hududidan tirik topishdi.
Qidiruv ishlari boshlanganidan bir hafta o‘tib, 13-iyul kuni Anjelani tasodifan shu yerda sayr qilib yurgan juftlik topib oldi. Anjela tosh uyumi oldida o‘tirgan edi. U majaqlangan avtomobil radiatoridan suv olib ichib, jon saqlagan.
Politsiyachi Jon Tornburgning qayd etishicha, Anjelaning murakkab sharoitda omon qolgani mo‘jiza.
https://twitter.com/NathalieVeraTV/status/1018738621052940289
Izoh (0)