2018-yilgi Jahon Chempionati mezbonlarida Putindan boshqa prezidentlar uchun soyabon topilmadi, deb yozmoqda “Chas Pik”.
Rossiyada futbol bo‘yicha Jahon Chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Chempionatning taqdirlash marosimida Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi. Prezidentlar futbolchilarni tabriklayotgan vaqtda “Lujniki” stadionida yomg‘ir boshlandi. Putinga shu zahoti soyabon tutildi, biroq boshqa prezidentlar yomg‘ir ostida qoldi.
https://www.facebook.com/sergonaumovich/videos/991954250984277/
Voqea ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari diqqatini tortdi. Ularning aksariyatini chempionat mezbonlarini madaniyatsizlikda ayblagan.
Izoh (0)