Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Yevgeniya Chalix Nikolayevna 19-iyun kuni o‘zining 87 yoshini nishonladi. Bu haqda IIBB mabuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: IIBB mabuot xizmati

Foto: IIBB mabuot xizmati

Shu yoshda ham u o‘zini tetik tutishga, jamiyatdagi yangilik va o‘zgarishlardan boxabar bo‘lib borishga harakat qiladi. Ammo birgina oyoq og‘rig‘i onaxonni bezovta qilib keladi. Shu sabab u anchadan beri biometrik pasport olish uchun ko‘chaga chiqolmayotgan edi.

Kunlardan birida televizor orqali qutqaruv xizmati haqidagi lavhani ko‘rib, qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishga qaror qiladi. Toshkent shahar FVX tomonidan ushbu xabar tuman IIO FMBga, u yerdan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yetkazildi.

Shu kunning o‘zida bo‘lim xodimlari Yevgeniya Nikolayevnani o‘zlariga olib kelib, navbatsiz biometrik pasport rasmiylashtirib berdi va uyiga olib borib qo‘ydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar