Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Mudofaa vazirligiga qarashli oromgohlarda harbiy xizmatchilarning farzandlari yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishlari uchun turli ko‘ngilochar tadbirlar hamda sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jumladan, Buxoro shahridagi “Yosh quruvchi”, “Bunyodkor”, “Nihol”, Xorazm viloyatidagi “Nilufar”, Samarqanddagi “Yo. Tursunov” nomidagi sog‘lomlashtirish oromgohlarida harbiy xizmatchilarning farzandlari maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Toshkent viloyatidagi “Tong” oromgohida bolajonlarning ko‘ngilli dam olishlari uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga binoan, deyarli har kuni oromgohda turli intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Sog‘lomlashtirish markaziga tashrif buyurgan bolakaylar “Mamlakatda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini tashkil qilish, saqlash va tartibga solishning sanitariya qoidalari” talablariga javob beradigan normalar asosida ovqatlanmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Oshxonamizda autsorsing tizimi joriy qilingan. Bilasiz, tajribadan o‘tgan tizim bu. Eng muhimi ovqatlarimiz bolalarga manzur. Yangi ovqat pishiradigan pechlar, non mahsulotlari pechi, oziq-ovqatni saqlash uchun alohida muzlatkichlar sotib oldik. Ya’ni idish-tovoqlardan tortib, qozonlargacha yangiladik. Bu esa oshxona xizmatining sifat jihatdan barcha talablarga javob berishini ta’minlaydi. Taom pishirish jarayonida xodimlarimiz tozalikka katta e’tibor beradi. Chunki tozalik qat’iy nazorat ostida.

Har kuni oromgohning sanitar shifokori mahsulotlarga ishlov berishdan tortib qozonga solinishigacha, idishlarning yuvilishidan tortib, dizinfeksiya qilinishigacha nazorat qiladi. Belgilangan me’yor bo‘yicha bolalarga kun davomida olti mahal ovqat beriladi. Ularning ovqatlanish ratsionidan tuxum, sut, saryog‘, pishloq va go‘sht kabi oqsilga boy mahsulotlar va vitanminga boy mevalar o‘rin olgan. Biz ovqat pishirishda bolalarning xohish-istagini ham inobatga olamiz. Yana taomnomada milliy taomlarga ham alohida o‘rin ajratilgan”, – deydi oshxona boshlig‘i, “Kanzas elit savdo” firmasi rahbari Dilfuza Abdullayeva.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, “Tong” hamda “Yo. Tursunov” bolalar sog‘lomlashtirish maskani mavsum oldidan qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar