Buyuk Britaniyalik olimlar qanday omillar oilalarning ajrimlariga olib kelishi mumkinligi borasida tadqiqot o‘tkazdi, deya “Medikforum.ru” xabar bermoqda.
Britaniyalik iqtisodchilar Endryu Frensis-Tan va Xyugo M.Mialon 3 000 ga yaqin nikohlarni o‘rganib chiqdi. Ular nikoh uzugining qiymati va ajrimlar o‘rtasida qiziq bir bog‘liqlikni aniqladi: qimmatroq uzuk olishga intiladigan juftliklar orasida ajrimlar ko‘proq uchraydi. Tadqiqotchilarning fikricha, 1500 funt sterlingdan qimmatroq uzuk sotib olganlar orasida ajralib ketganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, xuddi shunday natijalarni to‘y marosimlarini o‘tkazish borasida ham kuzatish mumkin. Ya’ni, to‘y qanchalik qimmatga tushgan bo‘lsa, juftlik shunchalik tez ajrashib ketgan.
— To‘y marosimlariga 15 000 funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ sarflagan juftliklar orasida ajralganlar soni 1,6 barobarga ko‘p, —tadqiqot mualliflaridan biri, — To‘y xarajatlarini 753 funt sterlingdan oshirmagan juftliklar eng mustahkam bo‘lib chiqqan.
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, katta xarajat qilish imkoniga ega kishilar to‘y marosimlarini imkon qadar dabdabali o‘tkazishga intiladi, bu esa tashkiliy ishlarning ko‘payib ketishini taqozo qiladi. Natijada dabdabali marosimga tayyorgarlik bilan ovora bo‘lgan juftlik bir-biriga kamroq e’tibor beradigan bo‘lib qoladi. Biroq to‘y dabdabalari tugagach, juftlik oddiy kundalik hayot bilan to‘qnash keladi va yonidagi odamni o‘rganmay turib turmush qurganini anglaydi.
Izoh (0)