Yaponiyada sobiq hamshira o‘zining navbatchiligi vaqtida o‘lishi mumkin deb hisoblagan bemorlarni o‘ldirganini tan oldi. Bu haqda Asahi Shimbun gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
31 yoshli Ayumi Kubokining aytishicha, 2016-yilning 2 oyi davomida u og‘ir ahvoldagi bemorlarning palatalariga kirib ularning o‘limiga olib keladigan antiseptik ukol qilgan.
Hamshiraning so‘zlariga qaraganda, bemorlarning qarindoshlariga o‘lim sabablarini tushuntirish u uchun qiyin bo‘lgan, shuning uchun o‘zining navbatchilik vaqti boshlangunga qadar bemorlarni o‘ldirgan.
Politsiya 7-iyul, shanba kuni Kubokini hibsga olgan. U 2016-yil sentyabrda vafot etgan 88 yoshli Sozo Nishikavaning o‘limida aybdor deb gumon qilingan. Tergov natijasida ma’lum bo‘ldiki, erkakning o‘limi kuni Kuboki shifoxonaga navbatchilik vaqtidan 2 soat oldin kelgan va bemorga uni o‘ldiruvchi ukol qilgan. Bemor hamshiraning navbatchilik soatlari boshlanishidan oldin jon bergan.
Ayni paytda politsiya Kubokining boshqa bemorlar o‘limlariga taalluqliligini o‘rganmoqda. Tergovchilarning fikricha, hamshira o‘ldirgan bemorlarning hammasi ham terminal holatda (o‘lim va hayot orasidagi holat) bo‘lmagan.
Izoh (0)