Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yekaterinburg sudi bugun, 5-iyul kuni o‘z xonadoniga 9,2 ming xorijiy fuqaroni propiska qildirganlikda ayblanayotgan fuqaroga nisbatan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqadi, deb xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

“Yekaterinburg viloyatining Orjonikidzevskiy tumani 7-sud uchastkasida muhojirlarni noqonuniy propiska qilish yuzasidan sud ishi boshlanadi”, — deyiladi xabarda.

Erkakni fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yoki xorijiy davlatlar fuqarolarini noqonuniy tarzda propiskaga qo‘yganlikda ayblashmoqda.

Qayd etilishicha, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan Rossiya fuqarosi noqonuniy faoliyat bilan 2015-yildan 2018-yilga qadar shug‘ullanib kelgan.

Erkak xorijiy fuqarolarni propiskaga qo‘yib bergani uchun bir yarim mingdan besh minggacha pul olgan. Umumiy miqdorda erkak bir yarim yil ichida 9274 nafar fuqaroni o‘z uyiga ro‘yxatga kiritgan.

Rossiya fuqarosi mazkur qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada ayol o‘zini IIB binosi oldida yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Dunyo
Amerikaliklar “Qora juma”da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)