Xitoyning tijorat vazirligi rasmiy vakili Gao Fen AQShning Xitoy va boshqa xalqaro hamkorlarga tahdid qilayotganini psixologik terror, deb baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” yozmoqda.
Fenning so‘zlariga qaraganda, orttirilgan qiymatdagi bojlarning joriy qilinishi dunyoning ishlab chiqarish zanjirlariga zarar yetkazadi.
“AQSh butun dunyoga qarshi urush ochgan”, — deydi Fen. U yangi bojlar AQSh kapitali qatnashgan korxonalarga ham jiddiy zarar yetkazishini ma’lum qilgan.
Avvalroq, Xitoy AQSh bilan iqtisodiy urushda birinchi bilan o‘q uzmasligini ma’lum qilgan. Ya’ni, Xitoy AQSh tovarlariga nisbatan birinchi bo‘lib boj joriy qilmaydi.
Izoh (0)