Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovning yordamchisi Abduhamidillo Rasulov Rossiyadagi futbol bo‘yicha Jahon Chempionati ikki o‘yinini jarohat bilan o‘tkazdi. Bu haqda futbol eksperti Alisher Nikimbayev ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Jarohat ikkinchi o‘yindan so‘ng o‘zini bildirgan va Rasulov o‘shandan beri hatto mashg‘ulotlarga ham chiqmagan. Hakamlik qo‘mitasi rahbariyati uning sog‘ayib ketishini kutgandi, biroq bunday bo‘lmadi.

Ermatov Jahon Chempionatining qolgan uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatiga kiritilmaganining asl sababi shundan iborat. FIFAda faoliyatning brigada tizimi amalda bo‘lib, uch hakamning ham tushunib va kelishib ishlashi o‘ta muhim. Shu bois yordamchilarning almashtirilishi ko‘zda tutilmagan.

Ravshan Ermatov yuzaga kelgan vaziyatdan afsusda, biroq tushkunlikka berilgani yo‘q, faoliyatini yakunlash niyatida ham emas. Ermatov va uning yordamchilari Moskvada qoladi, bu esa FIFA tomonidan ularga bildirilgan yuksak ishonchdan dalolat beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi