Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FIFA futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining qolgan uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi “Sports.ru”.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Bu ro‘yxatdan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov o‘rin olmagan.

Ro‘yxatdan 17 ta hakam joy oldi: Alirizo Fag‘oniy (Eran), Navof Abdulla Shukralla (Bahrayn), Malang Dyediu (Senegal), Jenni Sikazve (Zambiya), Mark Geyger (AQSh), Jeyr Marrufo (AQSh), Sesar Arturo Ramos (Meksika), Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya), Mettyu Kondjer (Yangi Zelandiya), Junayt Chaqir (Turkiya), Byorn Kuypers (Niderlandiya), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya).

Ma’lumot uchun Ravshan Ermatov Rossiyadagi mundialda ikkita o‘yinni boshqardi. U Argentina – Xorvatiya (0:3) va Ispaniya – Marokash (2:2) o‘yinlarida bosh hakam sifatida ishladi. Shuningdek, o‘zbekistonlik hakam Jahon Chempionatlaridagi boshqargan o‘yinlari soni 11 taga yetkazdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi