AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya oxirgi sakkiz oy mobaynida raketa uchirish va yadro sinovlarini amalga oshirmaganligini ma’lum qildi va uning say-harakatlarisiz Vashington Pxenyan bilan urush olib borayotgan bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u 3-iyul, seshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Mening harakatlarimsiz, hozir Shimoliy Koreya bilan urushayotgan bo‘lardik”, — deb yozdi u.
Tramp, shuningdek, KXDR bilan muzokaralar “yaxshi” ketayotganligi, faqat muxolifatchi partiyalar shikoyat qilayotganligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va KXDR yetakchilari ilk bor 12-iyun kuni Singapurda uchrashdi. Sammit yakunlari bo‘yicha, Tramp va Kim Chen In ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va Koreya yarimorolida tinchlikka erishish uchun birgalikda harakat qilish haqidagi kelishuvni imzoladi.
Izoh (0)