2018-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov mamlakatga tashrif buyurgan Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembridj forumi (MOKF, Buyuk Britaniya) raisi, professor Siddhart Saksena bilan TIVda uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralarda O‘zbekiston, xususan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, “Iste’dod” jamg‘armasi va MOKF o‘rtasida ta’lim, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)