Xitoyning Shinjon o‘lkasi bozorlarida O‘zbekistonda yetishtirilgan gilosning birinchi turkumi paydo bo‘ldi. Bu haqda Urumchi bojxona xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
O‘zbekiston yaqinda Xitoyga gilos eksportini yo‘lga qo‘ygandi.
Okrug aholisi ilk bor O‘zbekistonda pishib-yetilgan sarxil mevaning ta’midan bahramand bo‘lishi mumkin. Bungacha mazkur hududga gilos Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan.
O‘zbekiston o‘tgan yili jami qariyb 32 ming tonna gilosni chet davlatlarga chiqardi. 2018-yilda ushbu ko‘rsatkich 36-38 ming tonnagacha yetishi kutilmoqda.
Izoh (0)