Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlagan 16 nafar bitiruvchi Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘limlariga tergovchi va surishtiruvchi lavozimiga tayinlandi. Yosh xodimlarga tergov jarayonida zarur bo‘ladigan barcha “ish qurollari” topshirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Ish qurollari” kompyuter jamlanmasi, xizmat daftarlari, tergovchi maxsus sumkasi, amaliy qo‘llanmalar va eslatmalar, jinoyat, jinoyat protsessual va ma’muriy kodekslar hamda kanselyariya anjomlarini o‘z ichiga olgan.
Yosh xodimlar ishga qabul qilinganligini Toshkent viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.A. Allamuradov rasman e’lon qildi hamda ularning boshlanayotgan mehnat faoliyatida omad tiladi.
Izoh (0)